Mahsulot ·

bitg 0.4: shaxsiy lugʻat, ilovadan xabar berish va tekshiriladigan yangilanish

0.4 versiyada bitgʼga yangi soʻz oʻrgatish, notoʻgʻri oʻgirilgan soʻz haqida ilovadan chiqmasdan yozish va bir tugma bilan tekshirilgan yangilanish mumkin.

bitg 0.4.0 2026-yil 13-noyabrda, 0.3 dan bir kun keyin chiqdi. Bu yozayotgan odamdan oʻrganadigan birinchi versiya.

Nima yangi

  • Shaxsiy lugʻat. bitg bilmagan soʻzni oʻzingiz oʻrgating, masalan «shamollash» → «şamollaş». Qoʻshimchali shakllari ham shunday yoziladi, katta-kichik harf esa yozganingizdek qoladi.
  • Bitta harfni saqlash. Soʻzning harflarini bosib, qaysi biri oʻgirilmasligini tanlaysiz: «bogʻcha» → «bogʻça» — gʻ qoladi, ch oʻgiriladi.
  • Ilovadan xabar berish. Xato, taklif yoki notoʻgʻri oʻgirilgan soʻz haqida bir tugma bilan yozasiz, xohlasangiz ekran rasmi bilan. Brauzer ochilmaydi.
  • Tekshiriladigan yangilanish. bitg yangi versiya chiqqanini oʻzi aytadi va bir tugma bilan yangilanadi. Oʻrnatuvchi faqat loyihaning GitHub relizlaridan olinadi va ishga tushishidan oldin hajmi hamda SHA-256 xeshi tekshiriladi.
  • Yangiliklar sahifasi. Yangilangandan keyin nima oʻzgargani bir marta koʻrsatiladi. Sozlamalarda oʻchirish mumkin.
  • Ubuntu panelidagi belgi. Ubuntuʼda bitg yuqori panelda belgi va menyuga ega boʻldi: oʻgirishni dasturlarni qayta ochmasdan yoqib-oʻchirasiz.

Kamroq notoʻgʻri oʻgirish

Yana 2 000 dan ortiq xorijiy ism va familiya hamda «fintech», «Semrush» kabi 55 ta brend va texnik atama endi yozilganidek qoladi. Kod yoki brend yonidagi qisqa gapda, masalan «fetch() chaqiruvi» da, oʻzbekcha soʻz endi inglizcha deb qolib ketmaydi — oʻgiriladi.

Tashqi hissa qoʻshuvchilar

0.4.0 — loyihadan tashqaridagi odamlarning PRʼlari qabul qilingan birinchi reliz: xorijiy ismlar uchun regressiya testlari, yangi ism va brend roʻyxatlari, qoʻshimcha testlari va Ubuntu belgisi tuzatishi. Toʻliq roʻyxat reliz qaydlarida.

Bogʻliq maqolalar

Yana koʻrish